10:07 / 26.03.2021
46644

Koronavirus: Toshkentda yana bir kunda 100dan oshiq yangi holat aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik antirekord yana yangilandi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, 25 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 144taga oshib, 81 ming 960 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 13 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 6 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent shahrida 83 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80248 (+105) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1088 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalaridan epidemilogik vaziyat yomonlasha boshladi. SSV statistikasiga ko‘ra, 13 mart kuni so‘nggi oylarda ilk marta bir kunda aniqlangan holatlar soni yuzdan oshdi, 24 mart kuni esa Toshkent shahrida kunlik ko‘rsatkichlar soni yuzdan osha boshladi.

Bundan tashqari, 23-24 mart kunlari koronavirus tufayli o‘lim holatlari qayd etildi - 2020 yil dekabridan buyon ketma-ket ikki kun o‘lim holatlari qayd etilmagandi - dekabrdan buyon so‘nggi marta faqat fevral oyida bitta o‘lim holati ro‘y bergandi.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top