14:59 / 27.03.2021
6223

Andijonda valutafurushlar 10 ming dollar savdosi ustida qo‘lga olindi

Andijon tumanida, Ulug‘nor–Baliqchi avtomobil yo‘li bo‘yida D.E., I.A. va boshqalar ikki nafar xaridorga 10 ming dollarni 105,5 mln so‘mga (1 dollar 10 550 so‘mdan) sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan D.E., I.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu haqda 26 mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi. Tezkor tadbirni departament va DXXning Andijon tuman bo‘limlari o‘tkazgan.

Kuni kecha Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangan edi.

Top