11:58 / 27.03.2021
4789
Reklama

«MJ Developers loyihalari O‘zbekiston va Hindiston aloqalarini mustahkamlaydi», - Murari Lal Jalan

O‘zbekistonning jadal iqtisodiy rivojlanishi, xalqaro maydonda uning nufuzi mustahkamlanishi va mamlakatning har tomonlama ravnaqi hukumatning oqilona va mohirona harakatisiz mumkin bo‘lmagan bo‘lar edi.

Shuningdek, ikki mamlakatning ko‘chmas mulk sohasidagi siyosatining mutanosibligi ham janob Jalan uchun juda ahamiyatlidir.

2018 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Prezidentining Hindistonga rasmiy tashrifi vaqtida MJ Developers O‘zbekiston hukumati bilan summasi 100 mln AQSh dollarini tashkil etadigan sarmoya bitimini imzoladi.

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat va janob Murari Lal Jalan Minerva City'dagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbirda

«Ushbu loyiha nafaqat foyda olish, balki Minerva City aholisi uchun qulay va ekologik sharoitlarni yaratish uchun ham yo‘naltirilgandir», – deya ta'kidladi Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat Minerva City'dagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbirda.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning namunasidir. Sarmoyadorlar, quruvchilar va arxitektorlarning kuchli jamoasi ikki mamlakat qanchalik yaqin hamkorlik qilishlarini ko‘rsatib beradi.

«MJ Developers loyihalari Hindiston va O‘zbekistonning do‘stligida muhim ko‘rsatkich bo‘ladi. Nafaqat madaniy aloqalar, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi infrastrukturaning rivojlanishidagi texnik nou-xau ham mustahkamlanadi va yangi darajaga chiqadi», – deb qo‘shimcha qildi Manish Prabxat.

Janob Jalanning faoliyati tarixi aksariyat yosh tadbirkorlarga stimul bo‘lib xizmat qiladigan ilhomlantiruvchi hikoyalardan biridir. Janob Jalanning familiyasi ko‘plab dunyoga mashhur biznesmenlar familiyasi bilan tenglasha oladi.

O‘smirlik davridanoq u otasi bilan oilaviy biznes – qog‘oz savdosining rivojlanishi ustida ish olib borgan.

U ko‘plab kompaniyalarda ishlagan, biznesning barcha jihatlarini o‘rganib, 23 yoshida umuman yangi sanoat – fototasvir yo‘nalishida o‘z biznesini ochishga qaror qiladi.

Yosh tadbirkor o‘z fotolaboratoriyasini ochadi va bu tez orada haqiqiy ishbilarmonlarcha yondashuvi orqali butun Hindiston bo‘ylab ko‘plab laboratoriyalarga aylanadi.

Ushbu davrdan Murari Lal Jalanning karerasi yuksak cho‘qqi tomon yo‘nalmoqda.

90 yillarda Rossiyaning iqtisodiyotiga ham o‘z nigohini tashlagan holda u yerda ham fotolaboratoriyalar biznesini yo‘lga qo‘yadi.

Keyinchalik hammasi bir tekisda davom etadi. U shubhasiz kelajakni ko‘ra olish qobiliyati va shahdam qadamlari orqali o‘z shaxsiy biznesining rivojlanishiga yo‘l ochdi.

To‘qsoninchi yillar sarhadida distribyutorlik biznesida muvaffaqiyatga erishgan janob Jalan qator mamlakatlar va tashkilotlarda o‘z faoliyatini boshlaydi, keyingi o‘n yillikda biznesning turli jabhalarida, jumladan, BAA va Hindistonning ko‘chmas mulk bozorida ham ishtirok etadi.

Janob Jalan O‘zbekistonga kelish va o‘zini mamlakatdagi ko‘chmas mulk sohasidagi turli-tuman loyihalarga baxsh etish baxtiga ham muyassar bo‘ldi. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 4 ta yirik loyihani amalga oshirmoqda.

Mehmonxona loyihasi:

  • 5 yulduzli mehmonxona (2,75 ga), Buxoro shahri;

Aqlli shahar loyihalari:

  • Namangan Square (18 ga), Namangan shahri;
  • Minerva City (100 ga), Toshkent shahri;
  • Lake City (100 ga), Toshkent shahri.

Loyihalar o‘quv muassasalarini, ko‘ngilochar majmualarni, tibbiyot maskanlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi xalqaro standartlarga muvofiq va O‘zbekiston xalqining hayot tarzini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Pandemiya vaqtida Murari Lal Jalan va MJ Developers Toshkent va Namangandagi ijtimoiy yordamga muhtojlar uchun xayriya aksiyasini o‘tkazishganligini ham ta'kidlab o‘tish muhimdir.

MJ Developers boshqa chet el tadbirkorlarini ortda qoldirib, O‘zbekistonga ancha katta mablag‘larni sarmoya qildi va endi O‘zbekistonda infrastrukturani rivojlantirish ustida ishlamoqda. Bu Hindiston va O‘zbekistonning qarashlarini birlashtirdi.


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va janob Murari Lal Jalan Minerva Xalqaro universitetiga tamal toshi qo‘yish marosimida
Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrulla Bozorov va janob Murari Lal Jalan Namangan Square'ning ochilish marosimida

 

Butun dunyo bo‘ylab tijorat va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan milliarder janob Jalan o‘z tarixiy vatani haqida ham unutgani yo‘q. Yaqinda Hindiston jamiyatini Murari Lal Jalan tomonidan Jet Airways kompaniyasi sotib olinganligi haqidagi yangilik hayratga soldi. Bu tariqa Jalan kompaniyani bankrotlik va tugatilishidan asrab qoldi. Jet Airways – Hindistonning uzoq yillik va butun dunyoga mashhur aviakompaniyalaridan biri. Jet Airways'ni o‘z portfeliga qo‘shishi janob Jalanning haqiqatan ko‘zga ko‘rinarli yutug‘idir. Undan tashqari Murari Lal Jalan O‘zbekistonda turli sektorlarda, jumladan, tog‘-kon sanoati, aviatsiya va moliya sohalarida ham o‘z faoliyatini kengaytirishni istaydi.

Uning asosiy maqsadi – butun dunyoda jamiyat hayotini yaxshilash. U Hindistonda tug‘ilgan, BAA fuqarosi, lekin hech shubhasiz dunyo fuqarosi deb atalishga haqlidir.

MJ Developers kompaniyasi

Murari Lal Jalanning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Facebook: fb.com/murari.jalan.351

Instagram: @murarilaljalan

Twitter: twitter.com/JalanMurari

LinkedIn: linkedin.com/in/murari-lal-jalan-4988241ab

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top