18:42 / 27.03.2021
8122

Muxolifat aksiyasi sababli Minsk markaziga harbiy texnika olib kelindi

Tut.by agentligi namoyish etgan videoda tikanli simlar joylangan avtomashinalar tasvirlangan. 

Minskda muxolifatchilar aksiyalar o‘tkazishi kutilayotgan hududlarga harbiylar maxsus texnika keltirdi. Bu haqda Tut.by xabar berdi.

Nexta Telegram-kanalining ma'lumot berishicha, bo‘lajak miting joriy yildagi eng yirik norozilik aksiyasi bo‘ladi. 

Tut.by agentligi namoyish etgan videoda tikanli simlar joylangan avtomashinalar tasvirlangan.

Ruxsat berilmagan tadbirlarda ishtirok etishga da'vat qilish fakti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Belta agentligi.

Guvohlar Tut.by agentligiga «Pushkinskaya» va «Akademiya nauk» metro stansiyalari yaqinida odamlarni qo‘lga olishlar boshlangani haqida xabar qilishgan. Keyinroq agentlik muharriri Anna Kaltigina ham qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top