13:17 / 27.03.2021
9836

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘zgardi

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Saidaxon Mirrahimova o‘rniga yangi direktor tayinlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Zarifjon Sharifovich Ashurov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Zarifjon Ashurov

«Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, nufuzli  xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta'minlash singari qator vazifalar yuklatildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. 

43 yoshli tibbiyot fanlari doktori, professor Z. Ashurov ayni paytgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U markaz direktorligi lavozimida 2020 yil sentyabridan buyon ishlab kelgan Saidaxon Shuhratovna Mirrahimova o‘rnida ish boshladi.

Saidaxon Mirrahimova
Mavzuga oid
Top