15:29 / 31.03.2021
2869

Andijonda bank eshigini buzib o‘g‘irlik sodir etganlar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

18 martdan 19 martga o‘tar kechasi Bo‘ston tumanidagi "Hamkorbank"ning xizmatlar ofisiga 3 nafar shaxs eshikni buzib kirib o‘g‘irlik sodir etishgan.

Andijon viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, o‘g‘rilar bank seyfidan 850 ming so‘m pul, 2 dona pechat, 1 ta terminal va 2 dona kompyuterni o‘g‘irlab, voqea joyidan ketishadi. 

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar Asaka tumanilik bo‘lishgan va hozirda tergov jarayonlari davom ettirilmoqda.

Top