17:09 / 31.03.2021
6993

Armanistonda jurnalistga qo‘l ko‘targan vazir iste'fo berdi

18 mart kuni jurnalist Paylak Fagradyan Arshakyanni o‘ziga hujum qilishda ayblagandi.

Foto: Facebook/Akop Arshakyan

Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Akop Arshakyan iste'foga chiqdi. U bu haqda o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

"Bugun yuqori texnologiyalar sanoati vaziri lavozimidagi oxirgi ish kunim. Armaniston fuqarosi sifatida mansabdor shaxs fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas deb hisoblayman, biz zo‘ravonliksiz jamiyat sari intilishimiz kerak. Buning ustiga, Armanistonni xalqaro maydonda ifoda etuvchi mansabdor shaxs sifatida jamiyatga o‘rnak bo‘lishim lozim", - deb yozdi u.

18 mart kuni jurnalist Paylak Fagradyan Arshakyanni o‘ziga hujum qilishda ayblagandi. 

Uning xabar qilishicha, voqea Yerevandagi qahvaxonalardan birida yuz bergan. Arshakyan ish vaqtida qahvaxonada nima qilib yurgani to‘g‘risidagi savoldan so‘ng jurnalistga tashlangan. 

Fagradyanning so‘zlariga ko‘ra, vazir uning kompyuteriga zarar yetkazgan. U voqea tasvirlangan videoni Mediaport Telegram-kanaliga joylashtirgan.

Mavzuga oid
Top