16:32 / 31.03.2021
11935

#FootWeek'ning yangi sonida: katta o‘yinlarga ichkaridan nazar

Futbolni ko‘pchilik televizor qarshisida tomosha qiladi va bunday muxlislarning aksari faqat o‘yin jarayoni ko‘rsatilishidan jahli chiqadi. Muxlis o‘yin boshlanishidan oldin futbolchilar qanday holatda bo‘lishi, maydonga qanday chiqib kelishi, maydondan qanday chiqib ketishi, umuman, maydondan tashqarida nimalar bo‘lishini ko‘rgisi keladi. #FootWeek'ning yangi sonida bundan ham ko‘prog‘ini sizga ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Ko‘rsatuv davomida Namangan va Toshkentdagi O‘zbekiston milliy jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarda muxlislar millatning bosh jamoasini qanday qo‘llab-quvvatlagani, ularning emotsiyalarini ko‘rishingiz mumkin. Bu hali hammasi emas. Kameramiz siz uchun ko‘chma telestansiya o‘yinlarni qanday olib berishi, sharhlovchi qanday ishlashigacha bo‘lgan kadrlarni suratga oldi.

Biz so‘z bilan aytganda, #FootWeek'ning yangi sonida siz allaqachon ko‘rib, birida xursand bo‘lgan, birida esa ranjigan Gana hamda Iroqqa qarshi o‘yinlarni ichkaridan ko‘rishingiz mumkin.

Top