12:00 / 31.03.2021
15276
Reklama

Pepsi bilan birgalikda professional boks oqshomi

3 aprel kuni «Humo Arena» muz saroyida bahor mavsumining eng qiziqarli tadbirlaridan biri – boks turniri o‘tkazilib, unda yurtdoshlarimiz chempionlik maqomlari uchun Yaponiya, Rossiya va Venesuela bokschilariga qarshi kurashga kirishadilar. Pepsi O‘zbekistonda professional sportni faol qo‘llab-quvvatlovchi va targ‘ib qiluvchi brend sifatida mazkur tadbirning rasmiy hamkori rolida ishtirok etadi.  

Oqshomning asosiy kurashi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik Ryosuke Ivasa o‘rtasida bo‘ladi. Shuningdek, ishqibozlar Shahram G‘iyosovning Rossiya bokschisi Iso Chaniyevga qarshi WBA International chempionlik belbog‘i uchun kurashini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Ringga Venesuela bokschisi Aleksis Diasga qarshi yurtdoshimiz Hasanboy Do‘smatov ham chiqadi. Iqboljon Xoldorov esa rossiyalik Vladimir Xordiyenkoga qarshi o‘zining ilk kurashini o‘tkazadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top