13:41 / 31.03.2021
2915

 Surxondaryoda 9 marta o‘g‘irlik qilganlar yana jinoyat ustida qo‘lga olindi

Surxondaryoda to‘qqiz marta o‘g‘irlik qilgan ikki nafar shaxs yana jinoyat sodir etayotganida ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 2 yanvar kuni Jarqo‘rg‘on tumani  G‘ur-g‘ur mahallasida yashovchi fuqaro S.A. IIBga ariza bilan murojaat qilib, molxonasidan 4 bosh qo‘yini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.

Shundan so‘ng, olib borilgan tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yu.T. ismli ayol hamda uning sherigi X.A. sodir etganligi aniqlandi. Jinoyatchilar S.A.ga tegishli bo‘lgan 4 bosh qo‘yni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.A.ga sotib yuborgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, Yu.T. va X.A. jinoiy til biriktirib 9 ta holatda fuqarolarning 19 bosh qo‘yi va 2 ta suv nasosini o‘g‘irlagan. Ta'kidlanishicha, 9 marotaba o‘g‘irlik qilgan bu ikki shaxs IIB xodimlari tomonidan yana o‘g‘irlikka borgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Top