07:43 / 01.04.2021
5059

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10 daraja iliq, shimolda 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top