09:00 / 02.04.2021
5951
Reklama

Greenwich – sifatli qurilish hududi

Poytaxtning Mirobod tumanida, 8 gektar yer maydonida yangi britancha uslubda Greenwich turar joy majmuasi barpo qilinmoqda. Uning hududida 15 ta 8 qavatli biznes va komfort toifasidagi turar hamda noturar joylar bo‘ladi. Ular birgalikda takrorlanmas ko‘rinishga ega zamonaviy va qulay kvartalni vujudga keltiradi.

Greenwich'da 47 m dan 221 m² gacha turli maydonga ega 1342 ta xonadon bo‘lib, 30 dan ziyod turdagi tarhlar (rejalar) mijozlarga o‘zlari uchun eng maqbul va mos variantni tanlash imkonini beradi. Har bir xonadonda Italiyada ishlab chiqarilgan isitish qozoni o‘rnatiladi, Turkiyaning santexnika uskunalari va quvurlari ishlatiladi.

Xonalar va ularning joylashuvi turlicha bo‘lishiga qaramay, ularni bir narsa birlashtirib turadi: barcha oshxona va zallar derazalari yo‘l yuziga qaragan, keng va yorug‘ yotoqxonalar esa – hovliga. “Yopiq hovli” konsepsiyasi sokin, obodonlashtirilgan hovlida bolalar bemalol o‘ynay olishini ko‘zda tutadi: bu yerda ortiqcha mashinalar va begona kimsalar bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Greenwich majmuasi qulay bo‘lishi bilan bir qatorda, atrofdagi odatiy qurilish obektlaridan ajralib turadi. Loyiha bo‘yicha majmua binolari an'anaviy Britaniya me'morchiligi uslubida qurilgan, burchakdagi kirish qismlari esa o‘zgacha dizayn va soatli binolari bilan e'tiborni tortadi. Soatlar Buyuk Britaniyadagi Vestminster saroyi binosi va undagi Big Ben soatiga hurmat ifodasi o‘laroq xizmat qiladi.

Majmua ranglarida oq va qizg‘ish tuslar ajralib turadi: terilgan qizil g‘ishtlar yon hoshiyalar va deraza atroflaridagi oq rang bilan uyg‘unlashgan. Binoning ichi ham nihoyatda go‘zal rasmiylashtirilgan va xalqaro standartlarga mos keladi. Sifatli pardozlash materiallari ishlatilgan, har bir kirish qismida esa Hyundai (Koreya) kompaniyasidan tezkor va mustahkam liftlar o‘rnatilgan.

Turar joy majmuasi qurilishida ishonchli va yuqori sifatli xomashyolardan foydalanilgan. Mustahkamlik darajasi oshirilgan og‘ir beton eng yuqori yuklanish ta'sir etiladigan konstruksiyalar qurilishida ishlatiladi. Odatda undan ko‘pqavatli binolar fundamentlari, ustunlari va to‘sinlari, temirbetonli plitalar bostirmalari quyiladi. Temirbetonli konstruksiyalar asosi – 10 mm dan 25 mm gacha bo‘lgan armaturadir. U konstruksiyalarning mexanik va atmosfera ta'siriga bo‘lgan turg‘unligini oshiradi, ammo shu bilan birga, u qayishqoq, mustahkam payvandlanadi va oksidlanishga barqaror.

Tashqi tarafdan binolar g‘isht bilan qoplangan. Ikki g‘isht qalinligidagi fasad qishda issiqlikni va yozda salqin havoni saqlab turadi. Ushbu material namlikka, harorat va fasl o‘zgarishiga chidamli. G‘isht zamburug‘lar, mog‘or, kemiruvchilar va hasharotlardan qo‘rqmaydi. Bunday uylar tovushdan yaxshi himoyalangan, uzoq muddatli xizmati va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Majmua binolarini yanada isitish uchun Knauf (Germaniya) va Texnonikol (Rossiya) isitkichlari qo‘llangan. Dekorativ yechimlar ham alohida e'tiborga loyiq – elementlar tabiiy granit va fibrobetondan, dekorativ fasad to‘siqlari esa metalldan ishlangan. 

Greenwich TJMning ko‘plab bo‘lg‘usi mijozlari iltimoslariga ko‘ra, Golden House majmudagi yana bir binoni “komfort” toifasida barpo qilmoqda. Komfort toifasidagi uylarda xonadonlar to‘liq ta'mirlangan holda taqdim etiladi. Bunday xonadonlar xaridorlar orasida katta talabga ega va issiqqina nonlar kabi tezda sotilib ketadi.

Bugungi kunda majmuaning qurilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlanish bosqichiga yaqinlashib qoldi va yaqin orada yangi uylar o‘zlarining birinchi egalarini qabul qilib oladi. Mijozlarda xonadonlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati ham mavjud. Bu haqda batafsil greenwich.uz sayti yoki +99878 150-11-11 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Call-markaz: +99878-150-11-11

Greenwich savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi

Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i 

Veb-sayt: greenwich.uz

Facebook: fb.com/greenwichuz

Instagram: @goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top