14:31 / 02.04.2021
4158

Mehmonxonalarga subsidiya berish muddati 2023 yilgacha uzaytirildi

Foto: Dreamstime

Mehmonxonalarga subsidiyalar berish muddati 2023 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi, deya xabar bermoqda “Turizm huquqiy axborot kanali”.

Muddati uzaytirilgan subsidiyalar qanday mehmonxonalarga beriladi?

3 yulduzli toifa uchun 50ta xonadan kam bo‘lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega mehmonxonalar subsidiyalanadigan mehmonxonalar hisoblanadi.

Belgilangan tartibda subsidiya qanday ajratiladi?

Agar mehmonxonalar 3 yulduzli (50ta xonadan kam bo‘lmagan) va 4 yulduzli (100ta xonadan kam bo‘lmagan) toifaga kirsa va 2023 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.

Subsidiya olish uchun investorlardan nima talab qilinadi?

Investorlar subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirish sanasida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmasligi va bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmasligi talab qilinadi.

Subsidiyalar miqdori qancha?

  • 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 40 million so‘m;
  • 4 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 65 million so‘m.

Subsidiyalar berish tartibining qonuniy asosi qanday?

Mehmonxonalarni qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi davlat budjetidan qoplanishi prezidentning «Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan. Qarorda investorlar xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan moliyalashtirish miqdori qo‘shimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetgunga qadar subsidiyalash belgilangandi.

Subsidiya olish masalasi bo‘yicha qayerga murojaat qilish lozim?

Investorlar subsidiya ajratish va moliyalashtirish masalasi bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishlari lozim.

Mavzuga oid
Top