02:14 / 03.04.2021
11107

BAA chempionati. «Shabob Al Ahli» g‘alaba qozondi. Masharipovda g‘alaba goli+assist

BAA Pro ligasining 23-turida «Shabob Al Ahli» o‘z maydonida «Al Fujayra»ni qabul qilib, 90-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. E'tiborlisi, g‘alaba goli  Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. Jaloliddin goldan tashqari o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yana bir yarimhimoyachi Odil Hamrobekov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 39-daqiqada zaxiraga olindi. 

«Shabob Al Ahli» ochkolarini 43taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. 

Doston Hamdamov to‘p tepadigan «Hatta» o‘z uyida «Ad Dafra» bilan jangovar durang qayd etdi. Doston 80 daqiqa davomida harakat qildi. «Hatta» 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. 

BAA Pro ligasi, 23-tur, 2 aprel
Shabob Al Ahli — Al Fujayra 3:2
Gollar
: da Kruz (39), Muhammad Juma (52), Masharipov (90) — Koutino (3), Ovalabi (32).

Hatta — Ad Dafra 2:2
Gollar
: Jonatas (45+2, 53 penalti) — Diop (8), Al Junaybi (76).

Top