14:41 / 03.04.2021
1978

Jizzaxda xotini bilan o‘zaro janjallashgan er uni pichoqlab o‘ldirdi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida xotinining telegramdagi yozishmalarini o‘qigan er o‘zaro janjal ortidan uning joniga qasd qilgan va uni pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Do‘stlik tumanidagi umumta'lim maktablaridan birida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M. 2021 yil 31 mart kuni vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonda turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holatga H.M. 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.M.ning telegramdagi yozishmalarini o‘qib qolishi va o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab bo‘lgan. Janjal oqibatida H.M. o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M.ning tanasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Ta'kidlanishicha, H.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top