08:41 / 03.04.2021
5803

Turkiya bilan imzolangan ikkita xalqaro shartnoma tasdiqlandi

Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ

Norma’ning yozishicha, ushbu qaror bilan 2020 yil 27 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

Harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi bayonnoma.

Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zbekiston TIVga Turkiya Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnomani yo‘llash topshirildi.

Mavzuga oid
Top