10:08 / 04.04.2021
27668

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 200ga yaqin yangi holatlar aniqlanib, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 aprel kuni O‘zbekistonda 193 kishida koronavirus qayd etilgani va yana bir bemor kasallik qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.  

«2021 yil 3 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83623 (+193) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:
4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
8 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida, 
2 nafari Xorazm viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
Buxoro viloyatida 6 nafar,
Jizzax viloyatida 3 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Samarqand viloyatida 21 nafar,
Toshkent viloyatida 16 nafar,
Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81629 (+180) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1363 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top