20:00 / 05.04.2021
7017

Artel Tanzaniyaga umumiy qiymati 100 000 AQSh dollaridan ortiq mahsulot eksport qildi

Foto: Artel

Artel kompaniyasi maishiy texnika va elektronika eksporti hududlarini faol kengaytirishni davom ettirmoqda.

Afrika qit'asining sharqiy qismida joylashgan Tanzaniya Birlashgan Respublikasi kompaniyaning yangi biznes hamkoriga aylandi. Vakillar bilan muhokamalardan so‘ng, har ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Shuni ta'kidlash lozimki, Artel tomonidan o‘tgan qisqa vaqt ichida televizorlarning birinchi, 100 000 AQSh dollari hajmidagi jo‘natmasi amalga oshirildi. 

Bugungi kunda Artel mahsulotlariga bo‘lgan talab chet el bozorlarida kundan kunga oshib bormoqda. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avval milliy korxona o‘z mahsulotlarini Yaman Respublikasiga eksport qilishni boshlagan edi. 2020 yilda umumiy eksport miqdori esa 2019 yilga nisbatan 32 foizga o‘sgan edi. Maishiy texnika eksportida kuzatilayotgan bu kabi jadal o‘sish Artel brendining nafaqat MDH davlatlaridagi, balki butun dunyodagi mavqeyi va taniqliligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Eksportning rivoji esa nafaqat kompaniya iqtisodiga, balki mamlakatimiz rivojiga ham samarali hissasini qo‘shadi.

Reklama huquqi asosida

Top