08:35 / 05.04.2021
73843

Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tarkibidan bo‘lgan oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarining o‘qish davrida quyidagilarni olishga oid huquqlari bekor qilindi:

  • berilgan harbiy unvonlar bo‘yicha maoshi;
  • oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
  • xizmat yillari uchun ustama;
  • maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama;
  • qo‘shinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
  • uzluksiz harbiy xizmati uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
  • moddiy yordam.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazish hamda tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimdan bo‘shatilganda ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:

  • harbiy unvon maoshi;
  • oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
  • xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15 foizgacha);
  • biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
  • oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi.

Shuningdek, hujjatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazishga doir boshqa holatlarda ham to‘lovlar to‘lanishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid
Top