13:42 / 05.04.2021
1367

Surxondaryoda kanalning muhofaza maydonidagi yerni 75 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida Amuzang kanalining qirg‘oq bo‘yi muhofaza hududiga qarashli yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Angor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «S.S.» fermer xo‘jaligi rahbari Ch.O‘. fuqaro M.ga Amuzang kanalining qirg‘oq bo‘yi muhofaza hududiga qarashli 50 sotix yer maydonini sotayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, fermer xo‘jaligi rahbari uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, yerni 75 million so‘m evaziga sotgan. U oldindan 35 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ch.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top