Ma'lumot berilishicha, hozirda ularning ishi sudda ko‘rilmoqda.
Eronda Ukrainaning Boeing samolyoti halokatga uchrashi ishi bo‘yicha o‘n nafar mansabdorga nisbatan ayblov e'lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Ukraina samolyoti ishi bo‘yicha batafsil tekshiruv o‘tkazildi va ayblov xulosasi chiqarildi. O‘n nafar shaxsga nisbatan ayblov e'lon qilindi», – dedi Tehron viloyati harbiy prokurori G‘ulomabbos Torki.
Harbiy prokuror mansabdorlarning ismlarini aytmadi. Ma'lumot berilishicha, hozirda ularning ishi sudda ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina havo yo‘llariga qarashli Boeing 737-800 samolyoti 2020 yil 8 yanvarda Tehron aeroportidan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushishi oqibatida 176 kishi halok bo‘lgandi.
Keyinroq Eron mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotni xato sababli urib tushirganini tan olgandi.