15:00 / 06.04.2021
5114

“INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda

Toshkentda joriy yilning 5-7 aprel kunlari “INNOPROM”: “O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ushbu strategik tadbir O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Fransiya, Germaniya, Chexiya va Yaponiya 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va biznes delegatsiyalarining uchrashishi uchun yagona platforma hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining ko‘rgazma stendida 80 dan ortiq turdagi neft va gaz mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Xususan, ko‘rgazmada “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi kabi yirik korxonalarning polimer mahsulotlari, shuningdek, “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodining yoqilg‘i mahsulotlari va boshqalar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning birinchi kuni “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari tomonidan Rossiyaning 20 dan ortiq “Sibur xolding”, “Gazpromneft”, “Sovkombank”, “Moskovskiy kreditnyy bank”, “Ruseksport”, “GMS Gruppa”, “UZTI”, “Search in form”, “Nauka energotex”, “Rimera”, “Reforma”, “Borskaya voyvochnaya fabrika”, “Yelabujskiy avtomobilnyy zavod”, “SOLAR”, “Xovel”, “Supercam”, “Drobmash” kabi kompaniya va moliya institutlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati hukumati delegatsiyasi bilan olib borilgan uchrashuv ham kelishuvlarga boy bo‘ldi.

Chelyabinsk viloyati gubernatorining o‘rinbosari Ye.V.Kovalchuk boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan mazkur hududning yirik sanoat korxonalari, xususan “Ruseksport” MChJ, “Chelyabinskiy truboprokatnyy zavod” MChJ, “Uralskiy avtomobilnyy zavod” AJ, “Kopeyskiy mashinostroitelnyy zavod” OAJ, “Uralspetsmash” AJ, “Chelyabinskiy stroitelno-dorojnyye mashiny” YoAJ kabi korxonalarning rahbarlari o‘rin olgan.

Muzokaralar davomida ikki kompaniya o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, xususan burg‘ilash, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida keng qo‘llaniladigan mahsulotlar, maxsus texnikalar, asbob uskuna va metariallarni yetkazib berish, birgalikda ishlab chiqarish va ta’mirlash istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Chelyabinsk viloyati hududida agrar-iqtisodiyot, qora metallurgiya, mashinasozlik, atom sanoati, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati yo‘nalishidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Rossiyaning Sverdlovsk viloyati hukumati delegatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari o‘rtasida muzokaralar ham o‘tkazildi. Sanoat va fan vaziri S.V.Perestoronin rahbarligidagi delegatsiya tarkibidan ushbu hududning bir qator sanoat korxonalari rahbarlari o‘rin olgan.

Uchrashuvda Sverdlovsk viloyati korxonalari va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi. Xususan, burg‘ilash jarayonlarida keng qo‘llaniladigan ehtiyot qismlar, texnik jarayonlarni avtomatik boshqarish qurilmalari tizimi (ASUTP), neftni qayta ishlash korxonalari va neft bazalar uchun sanoat obektlarini demontaj qilish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Sverdlovsk viloyati sanoat korxonalari uchun “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarining mahsulotlar, butlovchi qism va materiallarga bo‘lgan ehtiyojlarini onlayn o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ung.cooperation.uz Virtual ko‘rgazmasining imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida Rossiya Federatsiyasining Nijyegorodsk viloyati hukumati delegatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar ham manfaatli kelishuvlarga sabab bo‘ldi.

Nijyegorodsk viloyati gubernatorining o‘rinbosari A.G. Sanosyan boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan viloyat eksport markazi direktori S.V.Zvankov, Klaster siyosati va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori D.G. Rumyansev, shuningdek, “DROBMASh” YoAJ, “NPO Transport” MChJ, “Prom Avto guruhi” MChJ, “Borskaya voylochnaya fabrika” AJ, “Pepper NN” MChJ, “Invest Avto” MChJ, “Ps Aksioma” MChJ kabi korxonalarning rahbarlari o‘rin olgan.

Uchrashuvda Boshqaruv Raisining o‘rinbosarlari A.Mustafoyev, U.Ashurov, shuningdek, burg‘ilash, konlarni ishlab chiqarish, xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, biznesni istiqbolli rivojlantirish departamentlari rahbarlari tomonidan tarmoq haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda transport va logistika, korxonalarda texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish (ASUTP), xaridlarni tashkil etish, ishlab chiqarish obektlarining qurilishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Nijyegorodsk viloyati sanoat korxonalari vakillarida “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarining mahsulotlar, butlovchi qism va materiallarining virtual ko‘rgazmasi katta qiziqish uyg‘otdi.

Muzokaralar so‘ngida ikki davlat korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bir qator amaliy kelishuvlarga erishildi.

“INNOPROM”: “O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati 

Top