19:51 / 06.04.2021
5061

Nukusdagi bog‘chaga ishga joylashtirish uchun 6,5 mln so‘m talab qilgan fuqaro ushlandi

Holat Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, DXX va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Nukus shahridagi MTTning tarbiyachisi O.B. ismli fuqaroga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilgan.

Buning uchun 29 mart kuni Nukusdagi  MTT oldida kelishilgan 6,5 mln so‘m puldan 5 mln so‘mini  firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top