09:09 / 06.04.2021
4492

«Yoshlik-I» konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 26 maydagi «Olmaliq KMK» AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, «Yoshlik-I» konini o‘zlashtirish» investitsiya loyihasini amalga oshirishda quyidagilar ishtirok etishdan chiqarildi:

  • «Ronesans Holding» (Turkiya) kompaniyasi va uning bo‘linmalari;
  • «tayyor holda topshirish» (ERS) shartlarida 3-son mis boyitish fabrikasini qurish uchun bosh pudratchi sifatida «Renaissance Heavy Industries» MChJ (Rossiya);
  • «SFI Management Group» MChJ XK.

Eslatib o‘tamiz, loyiha rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda unda umumiy hisoblangan kapital qo‘yilmalar summasi 1,7 mlrd AQSh dollari bo‘lgan, 2027 yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish nazarda tutilgan.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top