20:00 / 07.04.2021
17459
Reklama

Turk shifokorlari onkologiyaning so‘nggi bosqichini boshdan kechirayotgan bemorni davolashga muvaffaq bo‘ldilar

Shifokorlar bemorning operatsiya stolidan omon chiqishi imkoniyatlarini 10 foiz deya baholaganlar. Ammo turk shifoxonasida o‘tkazilgan o‘ta murakkab operatsiya tufayli bemor nafaqat tirik qoldi, balki rak kasalligini ham yenga oldi.

Ikki farzandning onasi, 38 yoshli Gulmira Yesenbayeva 4 yil oldin kasallikka chalingan. Hammasi yosh va bir qarashda mutlaqo sog‘lom ayolning beshinchi qavatdagi o‘z uyiga zinalar orqali ko‘tarilishi qiyinlashishidan boshlangan. Har safar nafasi siqilgan, yuragi go‘yo ko‘krak qafasini yorib chiqib ketadigandek bo‘lgan. Bir kuni ne azoblarda yuqoriga ko‘tarilgan ayol o‘z ostonasida hushidan ketadi. Qo‘rqib ketgan bolalari tez tibbiy yordam chaqirishadi va u kasalxonaga joylashtiriladi.

Gulmiraning eslashicha, uni tekshirgan shifokorlar bir to‘da kasalliklar – anemiyadan tortib pankreatitgacha aniqlaganlar. Ular muolajalarni boshlasalar-da, bemorning ahvoli kun sayin og‘irlashavergan. Bir yil ichida ayol 10 kilogrammga ozib ketadi va uning qornida kuchli og‘riqlar hamda ovqat hazm qilishda muammolar paydo bo‘ladi.

Kunlarning birida og‘riq shu darajada kuchayadiki, Gulmirani shifoxonaga qaytadan joylashtirishadi. Takror tekshiruvlar natijasida shifokorlar uning qorin bo‘shlig‘ida yiringlab ketgan xavfli o‘sma borligini aniqlaydilar. Gulmirani ikki marta omadsiz operatsiya qiladilar va shundan so‘ng uyiga javob beradilar.

– Shifoxonada tashxis qo‘yish uchun zarur uskunalar yo‘q edi, na MRT, na PET KT, – eslaydi Gulmira Yesenbayeva. – Shu bois shifokorlar bu qanday o‘sma ekanligi va u qay darajada tarqalganligini aniqlay olmadilar. Bu esa samarali davolash uslubini qo‘llash imkonini bermadi va shundan so‘ng, aytish mumkinki men o‘lishim uchun uyga javob berishdi. Shundan keyin deyarli ikki oy ichida men butunlay holdan toyib qoldim. O‘sma hajmi shiddat bilan kattalashdi, qornimda katta va ochiq yara bor edi va undan yiring uzluksiz oqib turardi, tanamda sepsis boshlangandi. Yaqinlarim meni qutqarish uchun zudlik bilan xorijga olib ketishdi.

Tanish oilaning tavsiyasiga ko‘ra men Istanbuldagi Anadolu tibbiy markaziga murojaat qildim. Yaxshiki, klinikaning xalqaro bo‘limi ham bor ekan va undagi xodimlar rus tilida ham so‘zlashar ekanlar. Ular shifokorlarga ko‘rsatish uchun barcha tibbiy xulosalarni va tekshiruvlar natijalarini jo‘natishni so‘rashdi…

Javob bir sutka ichida keladi: kasallik tarixi bilan tanishgan turk mutaxassislari yordam berishga tayyor ekanliklarini bildiradilar va bemorni davolanish uchun Istanbulga taklif qiladilar.

Gulmira nihoyatda og‘ir holatda klinikaga yetkaziladi, qabul paytida u deyarli behush edi. Bemorni ko‘rgan turk shifokorlari uning o‘ta og‘ir ahvolidan hayratga tushadilar, lekin shunga qaramay o‘smani olib tashlash uchun operatsiya qilishga rozi bo‘ladilar.

Imkoniyatlar juda past edi – mutaxassislar jarrohlik stolidan omon chiqishi 10 foiz deya baholaganlar. Ammo turk shifokorlarini yuksak malakalari tufayli operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Jarrohlar o‘smani butunlay olib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Operatsiyadan so‘ng uzoq muddatli tiklanish jarayoni kechdi. Jarrohlar bilan birga Anadolu klinikasining qator mutaxassislaridan iborat jamoa Gulmiraning sog‘ayib ketishi uchun jon kuydirishdi. Ularning sa'y-harakatlari bilan bemor oyoqqa turdi va oxir-oqibat rak kasalligini yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni paytda u to‘liq remissiya bosqichida. Kasallik qaytalanmasligi uchun Gulmira qo‘shimcha davolanish usuli – immunoterapiya qabul qilyapti. Bus yangi avlod preparatlari bo‘lib, organizmga tushganidan keyin mustaqil ravishda rak hujayralarini topadi va yo‘q qiladi. Gulmira immunoterapiya qabul qilish yakunlanganidan so‘ng onkologiya muammosini butunlay unutishga umid qilmoqda.

Anadolu klinikasining xalqaro bo‘limi shifokor–koordinatori Go‘zal Keskin:

– Bemor ilk bor klinikamizga kelib tushganida qorin devori terisi va mushaklariga qadar o‘sib ketgan juda katta hajmdagi abdominal o‘sma borligi tufayli og‘ir klinik holatda edi. Shoshilinch gospitalizatsiyadan so‘ng, tekshiruvlarga qadar bu holat turli mutaxassislar ishtirokida multidissiplinar konsilium o‘tkazildi. O‘zaro maslahatga ko‘ra jarrohlik amaliyoti zarurligi ta'kidlandi.

Murakkab operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni taxminan bir oy davom etdi va shundan so‘ng bemorga poliklinika nazoratida bo‘lish sharti bilan javob berildi. Operatsiyadan keyingi gistologik xulosalarga ko‘ra o‘smaga qarshi eng samarali preparatlar bilan immunoterapiya asosida tizimli davolash rejasi tuzib chiqildi.

So‘nggi nazorat tekshiruviga ko‘ra, bemor qabul qilingan vaqtdagi prognozlar o‘ta umidsiz bo‘lganligiga qaramay mutaxassislarimiz kasallikni remissiyada ushlab turishibdi.

Siz ham Anadolu klinikasi shifokorlari bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanishingiz va kasalligingizga oid bepul konsultatsiyalar, zarur davo usullari haqida ma'lumotlar olishingiz, shuningdek o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin:

Whatsapp, Telegram: +90 530 954 30 22 (Rus va o‘zbek tillarida)

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

Elektron pochta: int.patiens@anadolusaglik.org

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top