Smartfonlar orasidagi yagona farq ularning kameralarida.
Finlandiyaning Nokia kompaniyasi beshinchi avlod mobil tarmog‘ida ishlaydigan X10 va X20 smartfonlarini taqdim etdi.
Har ikki smartfon korpusi plastikdan ishlangan bo‘lib, 6,67 dyuymli IPS-ekran bilan jihozlangan.
Nokia X10 va X20 Snapdragon 480 5G protsessori bilan ishlaydi. Smartfonlarga Wi-Fi 5, Bluetooth 5.0, NFC, USB-C porti, audiotirqish va FM-radio o‘rnatilgan. Batereyasining hajmi 4470 mAs.
Smartfonlar orasidagi yagona farq ularning kameralarida. X20 64 megapikselli orqa va 32 megapikselli old kamera bilan jihozlangan bo‘lsa, X10ga 48 megapikselli orqa va 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan.
Ma'lumot berilishicha, 8Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega Nokia X20 narxi 417 dollarni tashkil etadi.