18:52 / 09.04.2021
14028

Armaniston mudofaa vazirligi xodimlari vazirlik binosidan vertolyotlarda evakuatsiya qilinmoqda

Qorabog‘da bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari payshanbadan buyon Armaniston mudofaa vazirligiga kirish va chiqishni, Gyumri-Yerevan va Gyumri-Vanadzor avtotrassalari, Yerevan-Gyumri temir yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.

Armaniston mudofaa vazirligi xodimlari Qorabog‘ urushida bedarak yo‘qolgan harbiylarning ota-onalari norozilik aksiyasi o‘tkazayotgani sababli vazirlik binosidan vertolyotlarda evakuatsiya qilinmoqda.

Armaniston telegram-kanallarida evakuatsiya jarayoni tasvirlangan videolavhalar tarqalmoqda. Shu bilan birga, binoga vertolyotlarda oziq-ovqat yetkazilmoqda.

Qorabog‘da bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari payshanbadan buyon Armaniston mudofaa vazirligiga kirish va chiqishni, Gyumri-Yerevan va Gyumri-Vanadzor avtotrassalari, Yerevan-Gyumri temir yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.

Ular qidiruv ishlari borishi, farzandlarining ahvoli to‘g‘risida ma'lumot berilishi hamda harbiy asirlar qaytarilishini talab qilishmoqda.

Armaniston hukumati bedarak yo‘qolgan va asirga olingan harbiy xizmatchilar soni haqida ma'lumot bermayapti.

Top