14:07 / 10.04.2021
20141

Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘tkir Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. 

U Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yig‘ma-tahlil bo‘limi boshlig‘i, Tashqi savdo vazirligi import tahlili va ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish takliflarini shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida shartnoma-huquq  boshqarmasi mas'ul xodimi, prezident administratsiyasida mas'ul xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Anvar Asamov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. A.Asamov 2020 yildan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Top