15:00 / 12.04.2021
6688

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat uch baravarga yomonlashgani ma'lum qilindi

Butun mamlakat bo‘yicha kasallanish holatlarining 61 foizi uchta – Nur-Sulton, Almati shaharlari va Almati oblastiga to‘g‘ri keladi.

Foto: TASS

Qozog‘istonda aprel oyida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat mart oyidagiga nisbatan uch baravarga yomonlashdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy ma'lum qildi.

Tsoyning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuqtirganlar soni Qustanay va Turkiston oblastlaridan tashqari barcha hududlarda o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, butun mamlakat bo‘yicha kasallanish holatlarining 61 foizi uchta – Nur-Sulton, Almati shaharlari va Almati oblastiga to‘g‘ri keladi.

«Aprelda epidemiologik vaziyat yomonlashgani qayd etildi. Aprelning 11 kuni davomida 24 955ta holat aniqlandi. Mart oyining shu davriga nisbatan kasallik yuqtirish holatlari uch baravarga o‘sgan. Bir sutkada 2800 nafargacha bemor qayd etilmoqda», – dedi Tsoy.

Vazirning aytishicha, Qozog‘istonda 30 109ta koyka hozirlangan bo‘lib, hozirda ularning 41 foizi band. 

Ma'lumot berilishicha, mamlakatda o‘tgan sutkada 2290ta yangi holat aniqlangan.

Mavzuga oid
Top