02:49 / 13.04.2021
21463

G7 davlatlari Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirdi

Qayd etilishicha, G7 va YeI Ukraina chegarasi va Qrimda "Rossiya kuchlarining keng miqyosda kuchaytirilishidan qattiq xavotirda".

Foto: DPA

G7 mamlakatlari yetakchilari hamda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirdi.

"Avvaldan xabar qilinmasdan olib borilayotgan harbiylarning keng miqyosdagi harakatlanishi tahdid soladi va vaziyatni beqarorlashtiradi. Biz Rossiyani ig‘vogarliklarni to‘xtatishga va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ravishda keskinlikni zudlik bilan pasaytirishga chaqiramiz", - deyiladi G7 bayonotida.

Hujjatda qayd etilishicha, G7 va YeI Ukraina chegarasi va Qrimda "Rossiya kuchlarining keng miqyosda kuchaytirilishidan qattiq xavotirda".

Bayonotda bu davlatlar Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy birligini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top