14:37 / 13.04.2021
16928

Rossiya AQShga «Qrimdan uzoqroq turish»ni maslahat berdi

Moskva AQSh harbiy kemalarining bir oy muddatga Qora dengizga kirishini ig‘vogarlik deb hisoblamoqda.

Foto: TASS

Rossiya Amerika harbiy kemalarining Qora dengizga jo‘natilishini ig‘vogarlik deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma'lum qildi.

«Bizning qirg‘oqlarda Amerika harbiy kemalari qiladigan ish yo‘q. Bu judayam ig‘vogarona harakat. Ular bizni sinab ko‘rmoqda, asabimizga o‘ynayapti. Qo‘llaridan hech narsa kelmaydi», – dedi Ryabkov.

Diplomat AQShni Qrimdan uzoqroq turishga chaqirdi.

«Biz AQShni Qrimdan, Qora dengizdagi sohilimizdan uzoqroq turish haqida ogohlantiramiz. Bu ularning o‘zlariga yaxshi bo‘ladi», – dedi Ryabkov.

Avvalroq AQSh Qora dengizga harbiy kemalarini jo‘natgani xabar qilingandi. Kemalar ushbu hududda 4 maygacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
Top