15:28 / 13.04.2021
7588

Ukraina tashqi ishlar vaziri Kiyev urushni xohlamayotganini aytdi

Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Donbassdagi vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori, ammo «zo‘ravonlik boshlanadigan bo‘lsa» hushyorlikni yo‘qotmaydi.

Foto: Reuters

Ukraina urush qilish niyatida emas va Donbassdagi nizoning diplomatik yechimini istaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba aytdi.

«Ukraina urushni xohlamaydi, biz hech qanday hujum harakatlarini rejalashtirmayapmiz», — dedi u.

Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Donbassdagi vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori, ammo «zo‘ravonlik boshlanadigan bo‘lsa» hushyorlikni yo‘qotmaydi.

Avvalroq G7 mamlakatlari yetakchilari hamda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirgandi.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top