10:36 / 14.04.2021
28505

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 200dan ortiq yangi holat aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 212ta yangi kasallanish holati aniqlanib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1600dan oshgani haqida xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 212ta yangi kasallanish holati aniqlanib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1600dan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 13 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85503 (+212) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 145 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83264 (+175) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1605 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top