03:08 / 14.04.2021
11012

«Vaqf» fondi: Saudiya Arabistoni sovg‘a qilgan 50 tonna xurmo muhtojlarga tarqatilmoqda

Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi Ramazon oyi munosabati bilan sovg‘a qilgan 50 tonna xurmo O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga ulashilmoqda, deb ma'lum qildi «Vaqf» fondi.

Foto: «Vaqf» fondi

Fond axborotiga ko‘ra, mazkur 50 tonna xurmo sotilmaydi, balki to‘laligicha hududiy vakilliklar orqali muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

Avvaliga ushbu xurmolar O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar, masjidlar va diniy ta'lim muassasalariga xayriya qilinishi rejalashtirilgan edi. «Vaqf» fondi rasmiysi bergan ma'lumotga ko‘ra, yakunda mevalarni aholining zaif qatlamlariga taqdim etishga qaror qilingan.

Xabar qilinishicha, xurmolar yetim, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan kabi insonlar yashovchi oilalarga ulashilmoqda.

Mavzuga oid
Top