15:03 / 15.04.2021
6619

Chovusho‘g‘li Turkiya Ukraina-Rossiya inqirozida hech bir tomonni qo‘llab-quvvatlamasligini ma'lum qildi

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Ukraina sharqidagi nizoni Minsk kelishuvi asosida hal qilishda "kerakli qo‘llab-quvvatlov"ni ko‘rsatishga tayyorligini aytgandi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya Ukrainadagi inqirozda hech bir tomonni qo‘llab-quvvatlamaydi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li.

"Bizning Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham munosabatlarimiz yaxshi. Biz muammo tinch va diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi tarafdorimiz. Har bir mamlakat bilan munosabatlarimiz boshqa davlatlar bilan munosabatlarimizga ta'sir qilmasligi kerak. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tushunmovchiliklarda biz hech bir tomonni qo‘llab-quvvatlamaymiz”, dedi u NTV telekanali efirida.  

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Turkiya Ukraina sharqidagi nizoni Minsk kelishuvi asosida hal qilishda "kerakli qo‘llab-quvvatlov"ni ko‘rsatishga tayyorligini aytgandi. 

Donbassda fevral oxiridan vaziyat keskinlashdi. Vaziyat keskinlashishi ortidan Rossiya Ukraina bilan chegaralariga o‘z qo‘shinlarini joylashtirdi.

Top