17:01 / 16.04.2021
5003

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining onlayn dars va suhbatlaridan xabardormisiz?

Aziz muxlislar, O‘zbekiston musulmonlari idorasining MuslimTV jamoasi har hafta dushanbadan jumagacha 7 ta yo‘nalishda diniy-ma'rifiy dars va suhbatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn efirga uzatmoqda.

Ushbu suhbatlarning efir vaqtlari quyidagilar:

Seshanba – Siyrati Nabaviya kuni (Toshkent vaqti bilan soat 14:00da)

Chorshanba – Qiroat va tajvid kuni (Toshkent vaqti bilan soat 14:00da)

Onlayn dars vaqtida +998 977 607 049 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qiroatingizni to‘g‘rilab olishingiz mumkin.

Payshanba – Tajvid darsining amaliy mashg‘uloti (Toshkent vaqti bilan soat 14:00da). Unda siz mohir qorilarga o‘tilgan darslarni telefon orqali topshirishingiz mumkin.

Payshanba – Hadis sharhi kuni (Toshkent vaqti bilan soat 14:00da)

Juma – Diniy savol-javob kuni (Toshkent vaqti bilan soat 23:00da)

Diniy savollaringizni efir vaqtida +998 979 009 294 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki fatvo.uz saytiga yo‘llab, javob olishingiz mumkin.

Juma kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12:15 da) mahoratli voiz va tajribali imom-domlalarning juma suhbatlari ijtimoiy tarmoqlarimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Alloh taolo onlayn diniy-ma'rifiy dars va suhbatlarni davomli hamda barchamizga manfaatli bo‘lishini ta'minlasin.

Top