12:00 / 16.04.2021
4565

Ramazon oyi munosabati bilan Zarafshan City’dan eksklyuziv chegirmalar!

Zarafshon Buildings — O‘zbekistonda ko‘chmas mulk sohasida faol ish olib boruvchi developerlik kompaniyasi. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi — ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga oluvchi turar joy loyihalarini rivojlantirish. Turar joy majmualari individual me'moriy konsepsiya bo‘yicha quriladi va turli daromadga ega keng auditoriya uchun mo‘ljallanadi.

Zarafshon Buildings — o‘zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda, developerlik faoliyatida o‘zaro ishonch, hurmat, hisobdorlik va nazorat tamoyillari asosida faoliyatini olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-son qaroriga asosan “ZARAFSHON CITY” zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari va mehmonxona kompleksi qurish investitsion loyihasi jahon standartlari bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Loyihada zamonaviy yong‘in xavfsizligi texnologiyalari joriy etiladi.

Ushbu majmuada 2 ta 12 qavatli turar joy, ya'ni tayyor ta'mirlangan xonadonlar hamda 20 qavatdan iborat hashamatli Rezidens qad ko‘targan.

Loyihaning mag‘zi esa, siz yashash joyingizdan uzoqlashmagan holda barcha ehtiyojingizni shu yerning o‘zidan topasiz.

Rezidensni ziyorat qilarkansiz, u yerda maishiy savdo do‘konlari, oilaviy restoran, bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yingohlar hamda maktabgacha ta'lim muassasalari, maktabdan tortib fitnes klub, spa-salon,basseyn, sauna, coffe-hause kabi bir qancha qulayliklar mujassam bo‘lib, umuman olganda sizning ko‘zingizni qamashtiradigan maskan ekanligi guvohi bo‘lasiz.

Bundan tashqari, Appartamentda mehmonxona, Biznes Markazi va turar joylar mavjudligi sizni ajablantirishi aniq.

Batafsil ma'lumot uchun sotuv bo‘limiga murojaat qiling:

+998 95 1995554

+998 99 8445554

Reklama huquqi asosida

Top