16:51 / 19.04.2021
27011

2021 yilda O‘zbekiston aholisi 35 milliondan oshishi mumkin

Yil boshidan buyon doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 1,5 ming kishiga ko‘paymoqda.

2021 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34,7 million kishini tashkil etmoqda, deb ma'lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.

Doimiy aholi soni yil boshidan beri 136,7 ming kishiga oshgan. Bu – O‘zbekiston aholisi har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘payayotganini anglatadi.

2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.

1 aprel holatiga, doimiy aholining 17,2 million nafari – ayollar, 17,4 million nafari – erkaklar.

Ma'lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekiston aholisi 653,7 ming kishiga ko‘payib, yil so‘ngida 34,5 million kishini tashkil etgandi. O‘tgan yili aholi soni har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

Mavzuga oid
Top