21:01 / 20.04.2021
4738

Filippinga kuchli tayfun yopirilishi natijasida 60 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan.

Foto: CNN

Filippinga Surigay tayfuni yopirildi.

 Mamlakat sharqida 60 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.  

 Xabar qilinishicha, shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan.

Mamlakat meteoxizmati suv toshqinlari sodir bo‘lishidan ogohlantirgan. Yomon ob-havo sharoiti yana bir necha kun davom etishi aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top