15:28 / 20.04.2021
6833

Pandemiya bir necha oy ichida nazoratga olinishi mumkin – JSST 

Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasini zarur resurslarni adolatli taqsimlash orqali nazorat qilish mumkin. 

Foto: AFP

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirus pandemiyasini bir necha oy ichida nazoratga olish mumkinligini aytdi, deb yozadi Reuters

Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasini zarur resurslarni adolatli taqsimlash orqali jilovlash mumkin. 

"Agar mavjud vositalarni adolatli qo‘llay olsak, bu pandemiyani bir necha oy ichida nazorat ostiga olishimiz mumkin", - dedi u.

U shuningdek, koronavirus 25 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlar orasida tez tarqalayotganidan xavotirda ekanligini aytdi.

"Koronavirusdan bir million kishi vafot etishi uchun to‘qqiz oy kerak bo‘lgandi, 4 oyda 2 million kishiga yetdi va 3 millionga yetishi uchun 3 oy kifoya qildi", - deb qo‘shimcha qildi Gebreyyesus.

JSST rahbari vaksina ishlab chiqaruvchilarni o‘z texnologiyalari bilan bo‘lishishga, past va o‘rta daromadli mamlakatlarni esa bu texnologiyalarni olishga qiziqishga chaqirdi.

Mavzuga oid
Top