13:38 / 21.04.2021
6829

Farg‘ona viloyatidagi 10 ta maktab vaqtincha masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatidagi 10 ta umumta'lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar aniqlangani bois masofaviy o‘qish tizimiga o‘tildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, viloyat hududida bugungi kunda 2 ming 100 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy nazoratga olingan. Pandemiya boshlanganidan buyon 951 nafar fuqaroda koronavirus kasalligi infeksiyasi aniqlanib, ulardan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 932 nafar fuqarolar esa sog‘aygan. Ayni kunlarda 17 nafar fuqaro shifoxonada va uy sharoitida davolanmoqda.

Farg‘ona shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahridagi 7, 15, 21, 22, 24, 37–maktablar, chet tillarga ixtisoslashgan maktab-internati, viloyat ko‘zi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Quvasoy shahridagi 1 va Oltiariq tumanidagi 41- maktabda bolalarga ta'lim berish tizimi onlayn tartibda olib borilmoqda. 
 

Top