12:51 / 21.04.2021
20179

Xorazmdagi «samosud»chi ayollarga sud hukmi o‘qildi

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanida bir guruh ayollarning boshqa bir ayolni o‘zboshimchalik bilan jazolash holati bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2020 yil 9 iyun kuni soat 22:40da 4 nafar ayol - Karomat D., Olma D., Ra'no D. va Nargiza R. bir guruh bo‘lib, Qo‘shko‘pir tumani, Oqdarband qishlog‘i hududida Hamida O.ni Karomat D. o‘g‘lining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab, janjallashib, uni urib-do‘pposlab, kiyimlarini yirtib, tayoq bilan tanasi turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlab, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi «b, g» bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Qo‘shko‘pir tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Karomat D., Olma D., Nargiza R. 1 yil 6 oy va Ra'no D. 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi Hamida O.ning ularga nisbatan hech qanday da'vosi yo‘qligi inobatga olingan.

Mavzuga oid
Top