02:15 / 22.04.2021
15691

OChL. OKMK superkambek bilan ilk g‘alabasiga erishdi, «Al Hilol» «Istiqlol»ni mag‘lub etdi

Osiyo Chempionlar Ligasida A guruhida 3-tur bahslari yakunlandi. 

OKMK «Shabob Al Ahli» bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda Yovan Jokich va Akrom Komilovning gollari evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu — o‘zbek klublarining ushbu mavsumda OChL guruh bosqichidagi ilk g‘alabasi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Hilol» Tojikiston chempioni «Istiqlol»dan ustun keldi. 

Shu tariqa 1-davrani «Al Hilol» 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. OKMK va «Istiqlol» hisobida 4 ochkodan mavjud. 1 ochkoga ega «Shabob Al Ahli» so‘nggi pog‘onani egallagan.

OChL, 3-tur, 21 aprel

OKMK — Shabob Al Ahli 2:1
Gollar: Jokich (87), Komilov (90+1) — Alhashmi (28).
OKMK — Suhrob Sultonov, Dilshod Ahmadaliyev, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Yovan Jokich, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘rayev, 74, Mirjamol Qosimov (Sanjar Shoahmedov, 74), Elvin Fortes (Husniddin G‘ofurov, 46), Zafar Polvonov (Aleksandr Kasyan, 30), Shohrux Gadoyev (Murod Toshmatov, 79).
Shabob Al Ahli — Nosir, Husayn, Hamis (Jobir, 76), Marzuq, Abbos, Al Naqbi, Hassan, Suhayl (An Nuaimi, 82), Eduardu, Masharipov, Al Hashmi (da Kruz, 82).
Chetlatish: Rahmonov (90+4).

Al Hilol — Istiqlol 3:1
Gollar: Al Bulayhi (39), Bahebri (52, 64) — Hanonov (41).

Top