16:13 / 26.04.2021
15182

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 27 aprel kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,06 so‘mga oshib, 10 548,18 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 51,58 so‘mga ko‘tarilib, 12 760,13 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,63 so‘mga ko‘tarilgan va 1 rubl 140,81 so‘mni tashkil etgan.

Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida muttasil ko‘tarilib, faqat 22 aprel kuni 16,77 so‘mga arzonlagan, shundan keyin yana ko‘tarilishni boshlagandi. Yangi kurs 1 hafta oldingiga nisbatan 22,54 so‘mga (qimmat) farq qilmoqda.

Mavzuga oid
Top