16:16 / 26.04.2021
7791

O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Xo‘jandda uchrashdi

Joriy yil 24 aprel kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Koxir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasidagi ochiq, ishonchli va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirrali strategik sheriklikning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga, do‘stlik muhitini mustahkamlashga va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga hissa qo‘shgani ta'kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Tojikistonga bo‘ladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishning keng doiradagi masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, transport, aloqa va suv-energetika sohasidagi o‘zaro aloqalar, mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

Bundan oldin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi xabar qilingandi.

Top