09:29 / 29.04.2021
1634

Jizzax viloyatida koronavirus tufayli 10 882 nafar maktab o‘quvchisi masofaviy ta'limga o‘tkazildi

So‘nggi ikki xafta davomida Jizzax viloyatida 12 ta umumta'lim maktabining 30 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jasur Begmurodov tomonidan ma'lum qilindi.

Jizzax viloyati hududida jami 550 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritib kelmoqda. 2021 yil 16 aprelda Zomin tumanidagi 50-sonli umumta'lim maktabida ilk marotaba o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati aniqlandi. Davlat sanitariya va epidemiologik nazorat markazi xulosasiga ko‘ra, maktab to‘liq 14 kunlik karantinga olingan va onlayn ta'limga jalb qilingan. 

So‘nggi ikki haftada G‘allaorol tumanida 4 ta, Zomin tumanida 1 ta, Sharof Rashidov tumanida 2 ta, Forish tumanida 1 ta, Paxtakor tumanida 1 ta va Jizzax shahrida 3 ta, jami 12 ta umumta'lim maktablarida 30 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati aniqlangan.

Top