12:40 / 03.05.2021
17962

Fotoreportaj: Mustaqillik maydonidagi favvora yana ishlay boshladi

Ta'mir uchun yopilganidan qariyb 2 yil o‘tib, Mustaqillik maydonidagi favvora qayta ochildi.

Foto: KUN.UZ

1 may – Favvoralar kunidan boshlab, Toshkent shahri Mustaqillik maydonida, Senat qarshisida joylashgan favvora ta'mirdan so‘ng yana ishlay boshladi.

2019 yilda Toshkent shahar hokimi qarori bilan, «Toshkent favvorasi» DUK balansidagi favvoralarni kapital ta'mirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish belgilangan edi. O‘shanda Senat va Vazirlar Mahkamasi binosi oldidagi favvoraning qurilganiga 50 yildan oshgani, ayrim joylari darz ketgani, ta'mirlanmasa, metroga suv tushish mumkinligi ma'lum qilingandi.

Avvalroq, favvora ostida avtoturargoh tashkil etilishi ma'lum bo‘lgandi.

Top