10:46 / 03.05.2021
7921

Shahrisabz shahar IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIB boshlig‘i Shahrisabz shahar IIBga boshliq etib tayinlangan. Bu haqda Koson tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ulug‘bek Otaqulov Shahrisabz shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Qayd etilishicha, bugun 3 may kuni Koson tuman hokimligida Ulug‘bek Otaqulovni yangi ishga kuzatish marosimi o‘tkazilgan.

Ma'lumot uchun, Ulug‘bek Otaqulov 1976 yil Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 2017 yildan hozirga qadar Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top