16:00 / 03.05.2021
5640
Reklama

"TeXNOPARK" 3ta xalqaro ISO standartlari bo‘yicha integrallashtirilgan menejment tizimiga oltin muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi

Foto: TeXNOPARK

"TeXNOPARK" 7 ta ishlab chiqarish obektlarining yaxlit boshqaruv tizimining sertifikatlari bilan taqdirlandi.

TeXNOPARK MChJda xalqaro ISO sertifikatlarining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ular "TÜV Thüringen" (Germaniya) xalqaro sertifikatlashtirish organi vakillari tomonidan taqdim etildi.

"TeXNOPARK" 7 ta ishlab chiqarish obektlarining yaxlit boshqaruv tizimining sertifikatlari bilan taqdirlandi. Ular orasida:

- elektron gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish ("Osten " brendi, "Pietro Fiorentini " Italiya);

- maishiy sovutkichlar ishlab chiqarish ("SAMSUNG" brendi, Koreya Respublikasi);

- savdo muzlatkichlar va sovutkichlar ishlab chiqarish (Italiya va Xitoy davlatlari);

- sanoat konditsionerlari va sovitish tizimlarini ishlab chiqarish ("SHIVAKI " brendi, Yaponiya);

- liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish ("Osten" brendi, "Shanghai Mitsubishi " Xitoy);

- suv nasoslarini ishlab chiqarish ("LEO" brendi, Xitoy);

- qolip va shtamplarni ishlab chiqarish (Turkiya davlati).

Integrallashtirilgan menejment tizimining sertifikatlari uchta xalqaro standartlar bo‘yicha topshirildi:

ISO 9001 - sifat menejmenti tizimi;

ISO 14001 - Atrof-muhitni boshqarish tizimi;

ISO 45001 - Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimlari.

Ta'kidlash joizki, TeXNOPARK MChJ sanoat ishlab chiqarish majmuasi sifatida alohida uchta oltin sertifikatga ega bo‘ldi.

Hammasi bo‘lib 42 ta sertifikat topshirildi.

Sertifikatlashtirish organi xalqaro ekspertlari fikriga ko‘ra, bu tarixiy voqea bo‘lib, birinchi marotaba bir vaqtning o‘zida bunday xalqaro sifat belgilari bo‘yicha sertifikatlar berilgan.

Riad Ibragimov ("SERT Management" PEC bilan MChJ direktori):

"TeXNOPARK" sanoat ishlab chiqarishining O‘rta Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan mutlaqo yangi yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.

Shu bilan birga, fabrikalarda zamonaviy texnologiyalar va robototexnika qo‘llanilmoqda.

Shuningdek, TeXNOPARK tomonidan ishlab chiqarilgan liftlarni xalqaro standartlarga muvofiq sinash uchun 60 metrli sinov minorasi meni hayron qoldirdi.

Bu murakkab muhandislik tuzilishi. Aslida, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bunday sinov minora yagona hisoblanadi.

Shuni ta'kidlashni istardimki, bugungi kunda berilgan sertifikatlar dunyoning 180 mamlakatida tan olinadi.

Ishonamizki, endi TeXNOPARK MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika jahon bozorida yanada katta talabga ega bo‘ladi.

Qo‘lga kiritilgan sertifikatlar korxonada mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish xalqaro ISO standartlariga muvofiq amalga oshirilayotganligining tasdig‘i bo‘ladi.

Mahsulotlar sifatini nazorat qilish tizimi joriy qilinganligini va xodimlar uchun barcha zarur ish sharoitlari yaratilganligini tasdiqlaydi.

Joriy qilingan integrallashtirilgan mejyenment tizimini baholash natijalari shuni ko‘rsatadiki, TeXNOPARK MChJning ustuvor yo‘nalishlari:

- mijozlar ehtiyojini qondirishni ta'minlash;

- mahsulotlar sifatini doimiy ravishda oshirish;

- atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish;

- xodimlarning sog‘lig‘i va xavfsizligini muhofaza qilish.

Reklama huquqi asosida

Top