18:01 / 05.05.2021
18764

Qirg‘iziston prezidenti hukumatni iste'foga chiqardi

11 aprel kungi referendumda qabul qilingan Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, boshqaruvning prezidentlik shakli, ijroiya, qonunchilik va sud hokimiyatlari organlarini shakllantirishning yangi tartibi o‘rnatiladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov "Qirg‘iz Respublikasining vazirlar mahkamasi to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi, hukumatning hozirgi tarkibi iste'foga chiqarilgan deb hisoblanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 Ma'lumot berilishicha, 11 aprel kungi referendumda qabul qilingan Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, boshqaruvning prezidentlik shakli, ijroiya, qonunchilik va sud hokimiyatlari organlarini shakllantirishning yangi tartibi o‘rnatiladi.

 "Davlat rahbari Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqarilgan, deb hisoblanishini e'tiborga olib, hukumatni vazirlar mahkamasiga aylantirish topshirig‘ini berdi. Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi hukumatning vorisi hisoblanadi", - deyiladi xabarda.

 Avvalroq Sadir Japarov yangi konstitutsiyani imzolagandi.

Mavzuga oid
Top